AsosiySport

Ronaldu haqida 10 ta fakt

Ikki karra «Oltin to`p» sohibi bo`lgan Krishtianu Ronaldu haqida nimalarni bilasiz? Furkat.uz sayti to`plagan ma`lumotlar orqali portugaliyalik futbolchi haqida qiziqarli 10 ta faktni sizga taqdim etadi.
1. «Arsenal» Ronalduni 2003-yilda o`z safiga qo`shib olish imkoniyatini qo`ldan chiqardi. Klub takliflar tayyorlash bilan band bo`lib yurgan vaqtlarda, portugaliyalik iqtidorli yosh futbolchi yangi klubi safiga qo`shilib bo`lgandi.
2. Krishtianu yosh bo`lganida jamoasi mag`lubiyatini ko`tara olmagan ekan. Shundan so`ng ko`chadagi bolalar unga «yig`loqi bola» deb laqab qo`yishgan.
3. U har bir o`yindan so`ng o`z butsasini 20 daqiqa suvga solib qo`yadi. Shunda ular yanada qulayroq ko`rinishga keladi.
4. Ronaldu doimo futbolchi bo`lishni orzu qilgan va yoshligidan to`shagi tagiga futbolchilar ismlarini yozib qo`ygan.
5. Agar u futbolchi bo`lmaganida «ofisiant» bo`lardim deya ta`kidlab o`tgan
6. Krish qo`rqinchli kinolarni tomosha qilishni yaxshi ko`radi.
7. Uning maktabdagi sevimli fani – tarix bo`lgan.
8. Krishtianuni ota-onasi futbolchi emas, siyosatchi bo`lishini xohlashgan.
9. Bir kuni Ronaldu shifoxonaga 100 ming xayriya qildi, aynan mana shu shifoxona keyinchalik uning onasini hayotini saqlab qoldi.
10. Ronni bo`sh vaqtlarida do`stlari bilan birgalikda tennis o`ynab turadi.
 

Manba: www.furkat.uz

    Boshqa yangiliklar