1

Madaniyat vazirligi qadimiy maqbara buzilishiga izoh berdi

Madaniyat 01.11.2018, 08:38
Madaniyat vazirligi qadimiy maqbara buzilishiga izoh berdi

O`rta asrlar arxitekturasining noyob yodgorligi, Qoraqalpog`istondagi Shamunabiy maqbarasini buzib tashlashga to`g`ri keldi, aks holda uning o`zi qulab tushgan bo`lardi, deya hisoblaydi O`zbekiston Madaniyat vazirligi.

«Maqbaraning buzib tashlanishi zarur chora hisoblanadi», - dedi «Xalq so`zi» gazetasiga Qoraqalpog`iston Madaniyat vazirligi madaniy meros obidalarini muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i Quanish Sharipov.

Gazeta materialida ta`kidlanishicha, asrlar davomida maqbara eskirib ketgan va uning ichida bo`lish xavfsiz emasdi. Er osti suvlari va yomg`irlar qadimgi inshootni yuvib ketgan hamda u istalgan paytda qulab tushishi mumkin edi. 2016 yilda boshlangan yodgorlikni tiklash bo`yicha ishlar ularni davom ettirish imkoni bo`lmagani sababli to`xtatilgan.

«Ikkita gumbaz deyarli butunlay buzilgan, loy devorlar yupqalashgan. Mahalliy aholi bir necha yil avval murojaat bilan chiqib, noyob yodgorlikni saqlab qolish haqida so`rashgan», - deydi Sharipov.

Uning so`zlariga ko`ra, tashkil etilgan komissiya «maqbara yangi binosini qurish bo`yicha ishlarni amalga oshirish to`g`risida qaror qabul qilgan».

Ular «Meros Chashmasi» loyiha tashkiloti tomonidan o`tkazilgan.

«O`tgan bahorda ishlar boshlangan va yangi devorlar, gumbazlar qurish, hududni obodonlashtirish, pahlavon Shamunabiy dafn etilgan maqbara rekonstruksiyasini amalga oshirish kabilarni o`z ichiga olgan», - deydi Sharipov.

Maqbarani asl ko`rinishida qoldirish, Sharipovga ko`ra, u vaqt o`tishi bilan to`liq yo`q bo`lib ketishini anglatardi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1