AsosiySport

Xabib: "Men oilam va dinimni himoya qildim"

'Xabib: "Men oilam va dinimni himoya qildim"'ning rasmi

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov UFC 229 bilan bog`liq mojarolar sabab Nevada sport komissiyasining yig`ilishiga bormasligini aytib o`tdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

"Vegasdagi yig`ilishga bormayman. Men aybdor emasman. Oilam va dinimni himoya qildim. Agar meni jazolashmoqchi bo`lsalar pulni olaverishsin va 10 yilga chetlatishsin. Tupurdim", - dedi Xabib.

Eslatib o`tamiz, 24 oktyabr kuni bu ish bo`yicha dastlabki ish ko`rilgandi. Navbatdagi yig`ilish dekabr oyining birinchi yarmida o`tkazilishi va unda Xabib hamda Konor ishtirok etishi lozimligi xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar