Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov bugungi kunda dunyo miqyosida mashhur sportchi hisoblanadi.
U mag`lubiyatga uchratgan raqiblar jangdan keyin qanday holatga tushib qolgan? Buni suratlar yordamida bilib olamiz.
Xabibning janglariga bag`ishlangan foto-suratlarni Olamsport nashri taqdim etdi.
2012 yil, 20 yanvar - Kamal Shalorus
Ikkinchi raunddan so`ng Shalorus promoushenning yangi vakili tomonidan shu darajada do`pposlandiki, burchakda turgan jamoadoshlariga qarata shu savolni berdi: "Hozir nechanchi raund?"
Taqqoslash uchun Xabib jangdan so`ng shu ko`rinishda edi.
2012 yil, 7 iyul - Gleyson Tibau
Nurmagomedov jangda agressiv xarakatlari bilan ajralib turdi. Bu esa braziliyalik raqibning yuzida jarohat paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Uning o`ng ko`zi ostida oqayotgan qonni ko`rishingiz mumkin.
Xabib esa o`sha jangdan so`ng xotirjam ko`rinishda edi.
2013 yil, 19 yanvar - Tiago Tavares
Bu erda ortiqcha izohga hojat yo`q. Referi to`qnashuvning 115-soniyasida jangga aralashishga majbur bo`lgandi.
2013 yil, 25 may - Abel Truxilo
Agar omma senga xushtakbozlik qilayotgan bo`lsa bu sen greppling bo`yicha haqiqiy master-klass namoyish etganing uchun.
Jang yakunida Xabib g`alabani shu ko`rinishda nishonlamoqda
2013 yil, 21 sentyabr - Pet Xili
Jang juda ajoyib o`tgandi. Xili ham o`z o`rnida yaxshi harakat qildi. Biroq, Xabib saviya borasida raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi. O`sha jangdan so`ng Nurmagomedov chempionlik kamari uchun da`vogarlardan biri sifatida e`tirof etila boshlandi.
Jangdan keyingi surat
2014 yil, 19 aprel - Rafael Dos Santos
Xabib bu jangda ham raqibini "g`ajib qo`ydi"
Qahramonimiz jangdan keyin

2016 yil, 16 aprel - Darrell Xorcher
Xorcher ajoyib jang qildi. Ammo, yakunda uning holati shunday ko`rinishda edi.
Xabib uchun esa muammo yo`q
2016 yil, 12 noyabr - Maykl Jonson
Jonsonning o`ziga bo`lgan ishonchi birinchi raundda o`tkazib yuborilgan juda kuchli zarbadan so`ng qaergadir yo`qolib qoladi. O`sha vaziyatdan so`ng jang Nurmagomedov uchun bolalar o`yiniga aylanadi.
Sportchi hatto terlagani ham yo`q
2017 yil, 30 dekabr - Edson Barboza
Donald Serrone, Bobbi Grin, Evan Danem, Lukas Martins, Pol Felder, Toni Fergyuson, Entoni Pettis, Gilbert Melendes, Beneil Dariyush, Xabib Nurmagomedov. Barboza ularni mag`lub eta olmagan. Lekin, barcha janglarda u yaxshigina qarshilik ko`rsatgan. Doimo nimadir halal berib qolgan. Uning mahoratini shubha ostiga qo`ya olmaymiz.
Ikkinchi raundda referi undan jangni davom ettira olish-olmasligini so`ramoqda. Ammo, Barboza jangni oxirigacha etkaza olgan.
2018 yil, 7 aprel - El Yakvinta
UFC 223 turniri doirasida o`tkazilgan jangda Xabib Yakvintani mag`lub etadi va yakunda chempionlik kamariga ega chiqadi. Jang oson bo`lmagandi o`shanda.

Qahramonimiz ilk marotaba UFC chempionlik kamariga ega bo`ldi

2018 yil, 6 oktyabr - Konor MakGregor
UFC 229. Yil jangi. Konor MakGregor jang oldidan o`z uslubida provokasion harakatlarni amalga oshiradi. Xabib bularning barchasiga oktagonda javob qaytaradi.

Jangdan so`ng nimalar bo`lganini, nimalar bo`layotganini Siz juda yaxshi bilasiz.







