- Farzandingiz yolg`on gapiryaptimi?
Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
- Farzandingiz o`ziga ishonmayaptimi?
Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!
- Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?
Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
- Farzandingiz o`g`rilik qilyaptimi?
Demak, siz unga sovg`a-salom bermayotgan ekansiz!
- Farzandingiz qo`rqoqmi?
Demak, siz uni ko`p himoya qilarkansiz!
- Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?
Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
- Farzandingiz doim qovog`i osilganmi?
Demak, siz uni maqtamas ekansiz!
- Farzandingiz qizg`anchiqmi?
Demak, siz u bilan o`zaro hamkorlik qilmas ekansiz!
- Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan qo`pol munosabatda bo`larkansiz!
- Farzandingiz zaifmi?
Demak, siz unga ko`p do`q-po`pisa qilar ekansiz!
- Farzandingiz sizni qizg`anyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan bee`tibor ekansiz!
- Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?
Demak, siz uni bag`ringizga bosib, yuzlaridan o`pmas ekansiz!
- Farzandingiz sizga bo`ysunmayaptimi?
Demak, siz undan ko`p narsa talab qilarkansiz!
- Farzandingiz odamovi bo`lib qolganmi?
Demak, siz o`zingiz bilan o`zingiz ovora ekansiz!
"Baxtli hayot sari" kitobidan