AsosiySiyosat

O`zbekiston Oliy Majlisi Senati delegasiyasi Rossiyaga tashrifi buyuradi

'O`zbekiston Oliy Majlisi Senati delegasiyasi Rossiyaga tashrifi buyuradi'ning rasmi

2018 yilning 6—8 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nig`matilla Yo`ldoshev boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasida bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston TIV Axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan Moskva shahrida Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi palatalari rahbarlari bilan muzokaralar o`tkazish, Oliy Majlis Senati va Federal Majlisning Federasiya Kengashi hamkorligi bo`yicha Komissiya majlisi, savdo-iqtisodiy sohada O`zbekiston—Rossiya hamkorligini mustahkamlashga bag`ishlangan ikki davlat biznes vakillarining Savdo-sanoat palatasidagi davra suhbatida ishtirok etish o`rin olgan.

Shuningdek, Rossiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o`tkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar