Osiyo futbol konfederasiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilning 20-30 noyabr kunlari OFKning yuqori darajali hakamlari va yordamchi hakamlari uchun o`quv kurslarini tashkil qilmoqda.
Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan ushbu o`quv kurslariga OFK va O`FA instruktori Farhod Abdullaev konsultant etib tayinlandi. Mazkur hakamlik kurslarida Osiyoning etakchi referilari va assistentlari qatnashishadi.
Bundan tashqari, shu yilning 2-7 dekabr kunlari Tailandda Osiyodagi hakamlarning malakasini oshirish va hakamlikni rivojlantirishga qaratilgan seminar o`tkaziladi.
Hamyurtimiz Farhod Abdullaev ushbu seminarga ham konsultant sifatida taklif etilgan.






