AsosiySport

Shohjahon Ergashevning raqibi aniq bo`ldi

'Shohjahon Ergashevning raqibi aniq bo`ldi'ning rasmi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 10 noyabr kuni o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.

Hamyurtimizga bu safargi jangda amerikalik Zak Remsi raqiblik qiladi.

Ma`lumot uchun, Zak shu kungacha professional ringda 12 ta jang o`tkazib, ularning 8 tasida g`alaba qozongan (4 tasi nokaut evaziga). 4 ta jangda mag`lub bo`lgan (2 ta nokaut).

Shohjahon esa professional boksdagi faoliyati davomida 14 ta jang o`tkazib, ularning barchasini o`z foydasiga hal qilgan. 13 ta jangda hamyurtimiz muddatidan oldin g`alaba qozona olgan.

    Boshqa yangiliklar