Kelasi yili OChLda jiddiy maqsadlarni ko`zlayotganlar «sherlar» o`z tarkibini keskin kuchaytirish harakatida. Jamoa bu borada seleksiya ishlarini boshlab yuborgan, deb yozmoqda Olamsport nashri.
SA xodimi Shahboz Beg`amovning xabar berishicha, jamoa Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov, «Qo`qon-1912» safida javlon urayotgan Javohir Sidiqov singari sobiq futbolchilarini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda «Paxtakor» ushbu sobiq futbolchilari xizmatiga jiddiy qiziqmoqda.
Shuningdek, «Paxtakor»ning qishki transferlar short-listida «Lokomotiv» a`zolari — markaziy himoyachi Anzur Ismoilov va o`ng qanot himoyachisi Shuhrat Muhammadiev ham o`rin olgan.
Eslatib o`tamiz, yaqindagina jamoa murabbiyi Jasur Abduraimov «Navbahor»ga qarshi o`yindan keyin jamoa qishda sobiq futbolchilarni ortga qaytarishi mumkinligini ta`kidlagandi.






