Rossiyalik kinoijodkorlar yurtimiz madaniyati haqida film suratga olyapti

Madaniyat 10.11.2018, 10:26
Rossiyalik kinoijodkorlar yurtimiz madaniyati haqida film suratga olyapti

O`zbekiston elektron ommoviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Rossiyaning “Rossiya-kultura” telekanali bilan hamkorlikda “O`zbekiston. San`atga yo`l” xujjatli filmlar seriyasini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Film ssenariysi rus kinoijodkori Tatyana Basova tomonidan yozilgan bo`lib, unda Rossiyaning "Kultura" telekanali rejissyori Elena Kojevnikova va operator Vladimir Kurilovlar ishtirok etmoqda. Mazkur loyihada “Buyuk Ipak Yo`li”dagi qadim davlatlar, jumladan, uning markazi bo`lgan O`zbekistonning boy tarixi, yuksak madaniyat va san`at markazlari bo`lgan tarixiy shaharlari, ular bilan bog`liq afsonalar, ilm-fan va madaniyat haqida qimmatli ma`lumotlar jamlanadi. Ko`p millatli xalqning o`tmishi, buguni, diniy bag`rikengligi va o`zbek xalqining mehmondo`stligiga asosiy urg`u beriladi.

Suratga olish ishlari Toshkent, Samarkand, Buxoro va Xiva shaharlarida boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1