AsosiySport

Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston MTJ Brisben shahriga etib keldi

'Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston MTJ Brisben shahriga etib keldi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida o`quv mashg`ulot yig`ini o`tkazishi va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishi haqida xabaringiz bor.

Bugun 13 noyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz Seul - Brisben yo`nalishi bo`ylab deyarli 10 soat davom etgan parvozdan so`ng Avstraliyaga etib kelishdi.

Futbolchilar avvaldan belgilanganidek Gold Kostdagi "Hilton Surfers Paradise" mehmonxonasiga joylashishdi. Terma jamoa a`zolari mehmonxonada hordiq chiqarishganidan so`ng bugun kechqurun "CBUS Super Stadium" o`yingohida mashg`ulot o`tkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Livanga qarshi o`rtoqlik o`yini 15 noyabr kuni bo`lib o`tsa, 20 noyabr kuni futbolchilarimiz Janubiy Koreya bilan kuch sinashishadi.

    Boshqa yangiliklar