AsosiySport

"Dubai cup". Bugun O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi

'"Dubai cup". Bugun O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi'ning rasmi

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokioda bo`ladigan Olimpiada bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko`ryapti.

Ayni paytda Dubayda bo`lib turgan futbolchilarimiz kuniga ikki mahal mashg`ulotlar olib borishmoqda.

Bugun vakillarimiz ushbu musobaqadagi dastlabki o`yinni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o`tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.

Shuningdek, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 17 noyabr kuni BAA, 20 noyabr kuni Kuvayt terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko`zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishadi.

    Boshqa yangiliklar