AsosiySport

Xabib o`z kitobi taqdimotini o`tkazadi

'Xabib o`z kitobi taqdimotini o`tkazadi'ning rasmi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomdoev o`zining avtobiografik kitobi nashrdan chiqishini ma`lum qildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

"KhabibTime" nomli avtobiografiyam tayyor va chop etish uchun topshirildi. Bu haqida sizlarga e`lon qilayotganimdan mamnunman.

Ushbu kitob ustida ikki yil davomida ishladik. Zaur Kurbanov bilan birga kitob yozishni boshlaganimizda ikki yildan so`ng UFC chempioniga aylanishimga ishonchim komil emasdi. O`shanda menga "Kitob yozish uchun hali erta emasmi, buning uchun chempion bo`lish lozim" degan gapni aytishgandi. Umuman olganda tanqidlar etarli bo`lgandi. Bu tavakkal edi. Endi esa bu kitob dunyo yuzini ko`rishga haqli.

Kitob taqdimotini hayajon bilan kutmoqdaman. Taqdimot 26 noyabr kuni Moskvadagi "Synergy Global Forum" biznes-forumida o`tkaziladi", - deb xabar qoldirgan sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

    Boshqa yangiliklar