1

«Oskar» laureati bo`lgan rejissyor PROlogue xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo`ladi

Madaniyat 18.11.2018, 19:46
«Oskar» laureati bo`lgan rejissyor PROlogue xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo`ladi

Rossiyalik rejissyor va aktyor Vladimir Menshov 27 – 30 noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan PROlogue IV xalqaro kinofestivalining faxriy mehmonlari ro`yxatiga kiritildi. Xalqaro kinofestival direksiyasidan ma`lum qilinishicha, boshqa taklif etilgan yulduzlar qatorida Vladimir Menshov ham O`zbekistonning yosh kinematografistlari uchun mahorat-darslarini o`tkazadi.

Teatr, kino va televidenie aktyori, kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va teleboshlovchi rossiyalik Vladimir Valentinovich Menshov 1939 yilning 17 sentyabr kuni Bakuda tug`ilgan. Menshov – Rossiyada xizmat ko`rsatgan san`at arbobi,Rossiya xalq artisti, «Moskva ko`z yoshlarga ishonmaydi» filmi uchun «Oskar» mukofotining «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» nominasiyasida laureat bo`lgan.

Tashkilotchilarning ma`lum qilishicha, to`liq va qisqa metrajli, shuningdek milliy qisqa metrajli badiiy filmlar tanloviga 280 dan ortiq ish kelib tushgan. Shvesiya, Fransiya, Isroil, Eron, Ukraina, AQSh, Peru, Qozog`iston va boshqa 60 dan ortiq davlatlarning kino sohasi vakillari PROlogue kinofestivalida ishtirok etish istagini bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1