AsosiyShou-biznes

Ichan-qal`ani ko`rish orzusidagi avstraliyalik sohibjamol!

"Xalqaro dunyo go`zali-2014" tanlovi g`olibasi avstraliyalik Esma Voloder Jasur Hamroev bilan bo`lgan suhbatda O`zbekistonning Xorazm viloyatida joylashgan Ichan-qal`ani ko`rish orzusida ekanligini ma`lum qilgan. Quyida Sizning hukmingizga ushbu suhbat havola etilmoqda.

- Siz uchun go`zallik nima?

- Go`zallik men uchun biror bir yaxshi narsaning yaratilganligini tasvirlash uchun qo`llaniladigan so`z. Uning turli shakli, o`lchami bor, ammo aniq izohi bo`lmasligi mumkin. U biz ko`ra oladigan mavjudlik va ko`ra olmaydigan mavhumlikning qo`shma holidagi namoyishidir.

-Oldingi hayotingiz va g`oliba bo`lganingizdan keyingi hayotingiz o`rtasida farq paydo bo`ldimi?

 -“Xalqaro Dunyo go`zali-2014” tanlovining g`olibasi bo`lish menda o`z maqsad va istaklarimni kengroq tarzda amalga oshirishimga imkon yaratdi va ko`proq saxovat, salomatlik va farovonlikni targ`ib qilish bilan mashg`ul bo`lyapman.  Shuningdek, moda va go`zallik sanoatida ish olib bormoqdaman. Shu bilan birgalikda g`olibalik menga ko`p sayohat qilish, o`z maqsad-tilaklarimni dunyoning turli nuqtalaridagi insonlar bilan bo`lishish imkoniyatini berdi. To`satdan ko`proq odamlar mening kimligimni va nimalar qilishimni bilib olishdi va men dunyodagi muxlislarimdan meni qo`llab-quvvatlash, ruhlantirish mazmunidagi juda ko`p maktublarni olaman,  bu esa har gal yuzimda tabassum paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.  Bu go`yo modellik majburiyatini o`z zimmangga olganingdek ...Men bundan hecham uyalmayman. Go`zallik tojini kiyish bu – ajoyib! Bu menga ko`plab imkoniyatlar eshigini ochdi, shu bilan birgalikda mas`uliyat ham yukladi.

-Avstraliyadan birinchi sizni kim qutladi? G`alabni birinchi bo`lib kim bilan bo`lishdingiz?

-Birinchi sms bu, albatta, mening onamdan edi. Unda: “Ey, Xudoyim! Sen g`alaba qozonding” deb yozilgan edi. Bu meni bag`oyat xursand qildi. U men o`zimning eng baxtli lahzalarimni bo`lishgan ilk insonimdir; men unga boshimdagi toj bilan tushgan rasmimni uning xatini o`qiganimdan so`ng darhol jo`natdim.
-Boshingizdagi tojdan boshqa yana nimalar berdi, bu tanlov?

-Bu tanlov menga o`lchab bo`lmaydigan hayot darsini, o`sishni berdi va kuchli ruhiy iroda, ijobiy  tafakkur va barqarorlik, yangi do`stlar va dunyodagi yaxshi insonlar bilan aloqalar barpo etishni o`rgatdi. Bu mening kim ekanligim va men uchun nima muhimligi xususida xulosalar chiqarishimga o`rgatdi. Siz hayotdagi har bir tajribadan nimadir o`rganishingiz mumkin. Men ushbu tanlovdan olganim har bir kishining o`zligini topishiga etarli deb hisoblayman.

-Kitob o`qishga qiziqasizmi?

-Juda ham! Adabiyot mening eng sevimli fanlarimdan biri edi va u Kamus, Kafka, Oskar Vayld singari juda buyuk yozuvchilarning asarlari bilan  tanishtirdi. Yoshligimda bo`sh vaqtlarimda hordiq uchun juda ko`p kitoblar o`qirdim, hozir, asosan, psixologik va salomatlik mavzularidagi kitoblarni ko`p o`qiyapman. Yaqindagina Navzar Anhar degan yozuvchining “Ajdarho ovchisi” deb nomlangan kitobini qabul qilib oldim. Bu asar bezorilik, qiyinchiliklarni engish, inson o`zining ichki kuchini topa olishi haqida.

-Sevgan yigitingiz bormi? Siz uning qaysi jihatlarini qadrlaysiz? U sizning qaysi xislatlaringizni hurmat qiladi?

-Agar kelajakda mening yigitim bo`lsa,  umid qilamanki, u menda mavjud ishonch, qadr-qimmat va ahloqqa ega bo`ladi va u meni ruhlantiradi.

- Nimani yo`qotishdan juda qo`rqasiz?

-Oilamni.

-Yana qaysi mamlakat go`zallari bilan yaqin do`st bo`lishga ulgurdingiz?

-Men juda ko`p qizlar bilan do`st bo`ldim. Deyarli hammasi bilan! Men bir narsa bilan omadlimanki, hamma menga juda yaxshi munosabatda bo`ldi va tanlov jarayonida do`stona kayfiyat hukm surdi.
-Qaysi shaharni ko`rishni orzu qilasiz?

-Saraevo. Bu mening ota-onam tug`ilgan shahar. Odamlar va madaniyat takrorlanmas, Usmoniylar imperiyasining arxitektura va joylarda madaniy ta`sirini ko`rish mumkin. “Bars Karsiya” bunga misol bo`lishi mumkin. Shahar tabiatining toza va yoqimliligi, go`zal arxitektura qorishmasi (ayrimlari Usmoniylar imperiyasi madaniyatidan ruhlangan holda bunyod etilgan, bir inson tasvirlaganidek, ikki madaniyatlar “quchoqlashishi&rdquo, mahsulotlarning iforli hidi, issiq non va cevapi hidi, chaq-chaqlashayotgan va do`stona odamlarning shovqin ko`chalari, har bir faslning tabiatga sodiqligi: qorli va izg`irin qish, kuzgi barglar jilosi va xazonrezgi, ko`cha to`la yaxna ichimliklar ichayotgan va bir-birlariga ulashayotgan odamlar yozi, maftunkor bahor... Muhit va odamlarning o`zaro munosabati mening qalbimni isitadi, shaharning go`yoki ruhi va taqdiri bordek...

-O`zbekiston haqida nimalar bilasiz?

-Shuni bilamanki, ushbu mamlakatda yashayotgan odamlar go`zallik, sevgi, mehribonlik va totuvlikka ishonishadi . Sizlarda YuNESKOning dunyo tarixiy-me`moriy me`rosi ro`yxatiga kirgan shaharlar bor. Masalan, Ichan-Qal`a men ko`rishni xoxlagan joylardan biri.

-Kinoni qaysi aktyorlarsiz tasavvur qila olmaysiz?
-Meryl Streep, Keira Knightly, Rachel McAdams,  Julia Roberts, Sharuhka Khan,  Adrian Brody, Jim Carrey, Rowan Atikiston, Tom Hanks, Hugh Grant, Johnny Depp.

-Idealingizdagi ayol?
-O`zimning onam! U ulg`ayishimda mening orzuimdagi ayol timsoli.

- Qaysi erkakni tanlardingiz: haddan ziyod kelishgan yoki haddan ziyod aqlli?

-Men uchun aqlli va chiroyli erkak o`rtasida bo`linish mavjud emas. Chiroyli erkak aqlli va aqlli erkaklar chiroyli bo`ladi.

- Kelajakda qaysi kasbni tanlaysiz? Har holda go`zallik tojini har doim kiyib yura olmaysiz? Ustiga ustak, bu kasb ham emas...

- Men kelajakda Psixologiya va Salomatlik sohalarida ishlamoqchiman. Men hozir o`qiyotgan soha ham shudir va boshqalarga yordam berish maqsadida ushbu sohadagi o`z bilim va ko`nikmalarimdan foydalanmoqchiman. Shuningdek, TV da ham ishlamoqchiman. Men ko`proq boshqalar bilan fikr almashishni, muloqot qilishni xoxlayman.

-Qanday musiqani jon dilingiz bilan tinglaysiz?

-Men o`z kayfiyatim va faoliyatimdan kelib chiqib, odatda turli musiqalarni tinglayman. Chunki, pianino chalish qo`limdan keladi. Klassik, his-hayajonli musiqalar eshitishni juda yoqtiraman. Ba`zida esa RnB, Slow Jams, Rock, Old School/80’s, house kabi musiqa turlarini tinglagim keladi. Mening pleylistim turfa xil.
-Kimning maslahatlari uchun qulog`ingiz hamisha “ochiq”?

-Onamning maslahatlari uchun va men unga 100 % ishonaman.

-Siz yoqtirgan, tomosha qilib charchamaydigan film?

-Juda ko`p filmlar yoqadi, ayniqsa, davriy dramalarni, anime filmlarni (yapon filmlari, xususan, rejissyor Hayao Miyazaki filmlarini), xorijiy, komediya, fantastika, ilmiy, 80-yillar janrlaridagi hamda sevimli aktyor-aktrisalarimning filmlarini sevib tomosha qilaman. Hech qachon dahshatli filmlarni ko`rmayman.
-Kinoda suratga tushish niyatingiz ham bormi?

-Ha, davriy drama va madaniy filmlarda suratga tushgan bo`lardim.

-Bokuda o`tgan xalqaro tanlovda g`olibalik tojini kiyganingizdan keyin o`z mamlakatingizda qanchalar tanildingiz?

- So`nggi paytlarda ancha taniqli bo`lishga ulgurdim.
-Nasib etsa, kezi kelib, qariysiz. Sizni nima tark etmasligini istaysiz?  

-Mening sog`ligim.
-Nechta farzandingiz bo`lishini istaysiz?

-Men o`z ukam bilan ulg`aydim (u mendan 2 yosh kichik) va ulg`ayganimizdan bugungi kunga qadar samimiy va kuchli munosabatni saqlab qolganmiz. Shuning uchun ham men bir o`g`lim va bir qizim bo`lishini xohlayman, toki ular men va ukam kabi do`stona, qadrdon munosabatga ega bo`lishsin.

TANLANG:
1.Anjelina Jolie yo Penelope Kruz?
-Har ikkalasi o`z yo`lida ajoyib, biroq Anjelinaning insonparvarlik ishlari boshqa mashhurlardan uni ajratib turadi. Shuning uchun ham Jolini yaxshi ko`raman.
2. Kofe yo fresh sharbat?
-Har ikkalasi
3.Mercedes yo BMW?
-Mercedes
4.Nyu-York yo London?
Londonda bo`lganman va bu shaharni sevaman. Nyu-Yorkda hali bo`lmadim.
5.Beyonce yo Rihanna?
-Har ikalasiga ham befarqman.
6.Shahruh Khan yo Bred Pitt?
-Shahruh Khan.
7.Facebook yo  Twitter?
-Facebook.
8.Ridley Scott yoki James Cameroon?
-Har ikkalasi ham men sevadigan ajoyib filmlar yaratishgan.
9. Kleopatra yo Malika Diana?
-Malika Diana.
10. iPhone yo Samsung Galaxy?
-iPhone.
11. Go`zallik yo intellekt?
-Go`zallik bu aqllilik, aqllilik bu go`zallik.
12. Louvre yoki Universal Park?
Louvre
13.1 soat sohilda sayr yo oyna oldida 1 soat?
-1 soat plyajda, ayniqsa do`stlarim va oilam bilan.
14. Cavalli  yo  DG?
-Vaziyat va kolleksiyaga bog`liq.
15. Burj Xalifani tomosha qilish yo Ledi Gaga shousi tomoshabini bo`lish?
-Burj Xalifa. Men Dubayda Burj Xalifani ko`rish uchun bo`lganman va u men ko`rganlarim orasida eng g`aroyib va ajoyiblaridan biri.

shov-shuv.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar