Irlandiyalik jangchi Konor Makgregorning otasi Toni Makgregor ringda jang olib boradi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
59 yoshli Toni 24 yoshli Off The Ball radio-shousi boshlovchisi Ien Shixanga qarshi boks qoidalari bo`yicha jang qiladi.
Gap shundaki, jurnalist Konorning otasini to`g`ridan-to`g`ri efirda jangga chorlagan va uni: “Cholning miyasi aynib qolgan”, deya qo`shimcha ham qilgan.
Hozirda Toni Makgregor jangga tayyorgarlik ko`rmoqda.






