1

Maradona 20 million dollar pulini o`zining sobiq xotini va uning qaylig`i o`g`irlaganlikda aybladi

Sport 24.10.2014, 13:15
Maradona 20 million dollar pulini o`zining sobiq xotini va uning qaylig`i o`g`irlaganlikda aybladi

Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona 20 million dollar miqdoridagi puli yo`qolganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Championat.com.

Maradona ushbu ishda o`zining sobiq rafiqasi Klaudiya Vilyafane hamda uning qaylig`i Xorxe Tayanadan shubhalanayotganini aytib o`tgan.

«Hozir Klaudiya va Tayanaga nisbatan surishtiruv olib borilmoqda. Kam maosh bilan u qanday qilib BMW rusumidagi avtomobilni sotib olishi mumkin? Qizlarimga nisbatan ham surishtiruv olib borilayotgan edi, lekin hozir ular shubhadan holi», − dedi Maradona.

Manba: daryo.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1