Futbol dahosi Zineddin Zidanning futbolchilik faoliyati haqida ko`pchilik biladi. Biz sizga uning futboldan tashqaridagi hayoti haqida 15 ta qiziqarli faktni taqdim etamiz.
1. Zinedin Zidan 1972 yil 23 iyunda Marsel shahrida tug`ilgan
2. U bolaligida dzyudo va velosportga qiziqqan.
3. O`smirlik chog`ida bir marta spirtli ichimlik ichib «og`zi kuyadi» va shundan so`ng «olovli suv» ichishdan voz kechadi.
4. 2008 yilda Evropa asosiasiyasining oqqon kasalligiga qarshi kurash aksiyasida qatnashib parashyut bilan sakragan.
5. O`sha yili Monblan cho`qqisiga ko`tarilib, G`arbiy Evropaning eng yuqori nuqtasi 4810 metrda, kichkina darvoza o`rnatib, unga gol urdi.
6. «Zidan: XXI asr qiyofasi» nomli hujjatli filmda, uning maydondagi harakatlarini 17 ta kamera suratga olgan.
7. 2004-yilda UEFAning so`nggi 50 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
8. Faoliyati mobaynida 13 marta qizil kartochka olgan.
9. Zidan rafiqasi ispan ildiziga ega Veronik Fernandes Lentisko bilan 1989-yilda Kann shahrida tanishgan.
10. Ular 1994 yilning 29 mayida oila qurishgan.
11. Nikoh marosimi Fransiyaning Bordo shahri meriyasida bo`lib o`tgan.
12. Ularning 4 nafar farzandlari bor. Enso (1995), Luka (1998), Teo (2002) va Elyas (2005)
13. Veronik Zidan bilan tanishuvga qadar futbolga umuman qiziqmagan.
14. Veronik Zinedindan bir yosh katta
15. Zineddin farzandiga urugvaylik kumiri Enso Francheskoli shrafiga Enso deb ism bergan.
Manba: www.furkat.uz





