1

O`zini MXX xodimi deb tanishtirgan firibgarga jazo tayinlandi

Jinoyat 07.12.2018, 11:20
O`zini MXX xodimi deb tanishtirgan firibgarga jazo tayinlandi

O`zini MXX xodimi deya tanishtirib, o`zgalar mulkini o`zlashtirgan fuqaroga nisbatan sud hukmi chiqarildi, deb yozmoqda O`zA.

Fuqaro A.Xolmatov (ismi sharifi o`zgartirilgan) ham o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritishni maqsad qiladi. 2017 yil yanvar oyi boshlarida Sh.Rahimovaning farzandi N.Rahimov Andijon davlat tibbiyot institutiga o`qishga kirmoqchiligidan xabar topadi. U o`zini Milliy xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, go`yoki o`ziga berilgan vakolatdan foydalanib, DTM maxsus hisob raqamiga davlat boji to`lash orqali N.Rahimovni o`qishga kiritib qo`yishini aytib, aldab, Farg`ona shahrida Sh.Rahimovaning 6 ming 200 AQSh dollari pul mablag`larini qo`lga kiritib, pullarni o`zining ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudida sudya Sh.Umarov raisligida A.Xolmatovga oid jinoyat ishi har taraflama o`rganib chiqilib, unga qonun doirasida jazo tayinlandi. O`zA xabarida jazo muddati haqida aniq ma`lumot berilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1