AsosiyJamiyat

Toshkentda isitish mavsumi boshlandi

Toshkent shahar hokimining joriy yil 24 oktyabrdagi №868-sonli qaroriga asosan poytaxtning ijtimoiy soha ob`ektlariga 25 oktyabrdan, turar joy binolariga 27 oktyabrdan issiqlik berishga kirishildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.

Mazkur qarorda “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshissiqquvvati”, tuman hokimliklari va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga hamkorlikda issiqlik manbalari, energiya bilan ta`minlovchi, uy-joylardan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan tuman hokimliklari nazorati ostida isitish mavsumini sifatli o`tkazish, barcha  iste`molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv etkazilishini ta`minlash yuklatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar