O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Avstraliyaga 3 noyabr kuni tashrif buyuradi. Terma jamoamiz Sidney yaqinidagi Rokdeyl shaharchasidagi bazada istiqomat qiladi va mashg`ulot o`tkazadi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 5 yoki 6 yanvar kuni Avstraliyada bitta o`rtoqlik o`yinini o`tkazish niyatida ekanini ta`kidlab o`tgandi. Dekabr oyida esa bosh jamoamiz BAAda 2 haftalik yig`in o`tkazadi va unda 8ta o`rtoqlik uchrashuvinida maydonga tushishni rejalashtirgan.
O`zbekiston Osiyo kubogidagi dastlabki bahsini 10 yanvar kuni KXDRga qarshi o`tkazadi. Keyin o`yinlarimiz esa 14 yanvar (Xitoy) va 18 yanvar (Saudiya Arabistoni) kunlariga belgilangan.





