2014 yil 1 oktyabr holatiga davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefon”lariga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida o`tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 1191 ta holatda jami 127831,8 ming so`m miqdorida nazorat - kassa mashinasiga kirim qilmaslik, 695 ta tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar ko`rsatish hamda 55 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holatlari aniqlandi, deya xabar beradi qo`mita rasmiy saytida.
Davlat soliq qo`mitasi tomonidan soliq to`lovchilar bilan bevosita aloqada bo`lish orqali ularning murojaatlarini o`rganib borish va yuzaga kelayotgan muammolarning echimini topishga alohida e`tibor berib kelinmoqda. Bu borada barcha davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan «Ishonch telefon»lari soliq qonunchiligi buzilishi holatlari, soliq to`lovchilar hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda “Ishonch telefon”lariga qilinayotgan murojaatlarning aksariyati savdo va xizmat ko`rsatish shaxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda to`lovlarni plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob “Terminal” apparatlari ishlatilmayotganligi va shu bilan bog`liq masalalar xususidadir.