1

Tarmoqda "qarmoq"qa ilinganlar

Jinoyat 17.12.2018, 14:49
Tarmoqda "qarmoq"qa ilinganlar

So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda din niqobi ostida yoshlarni chalg`itib, ularni to`g`ri yo`ldan adashtiruvchi «targ`ibotchilar» ko`payib bormoqda. Ular saflariga ishonuvchan yoshlarni jalb qilib, o`z maqsadlari yo`lida foydalanishmoqda. Afsuski, bunday yoshlar bizning yurtimizda ham uchrab turibdi.

To`rtko`l tumanida yashovchi A`lo Turmonovning (ism-familiyalar o`zgartirilgan) uyida o`tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida unga tegishli uyali telefon ko`zdan kechirilganida, telefon apparatining xotirasida aqidaparastlikni targ`ib qiluvchi, taqiqlangan videomateriallar mavjudligi ma`lum bo`ldi.

Surishtiruv ishlari davomida ma`lum bo`lishicha, fuqaro A.Turmonov 2017-2018 yillarda Rossiya Fede­rasiya­sining Moskva shahri hududida o`ziga tegishli uyali telefon apparatining xotirasiga internet tarmog`idan aqidaparastlikni targ`ib qiluvchi materiallarni qonunga xilof ravishda yuklab, ularni keyinchalik tarqatish maqsadida yashirin tarzda respublikamizga olib kirgan.

Nukuslik fuqaro Kamron Bekturdiev esa 2017 yilda Qozog`iston Respublikasining Aktau shahrida mavsumiy ishlarda ishlab yurib, internet tarmog`idagi saytlarda mavjud bo`lgan aqidaparastlik mazmunidagi fikr va g`oyalarga ko`r-ko`rona ishonib, ularni o`zining uyali telefoniga yuklab, ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarga tarqatib kelgan.

Beruniy tumanida yashovchi aka-uka Ubay va Tolip Muhsinovlar ham Rossiya Federasiyasining Moskva shahri va viloyati hududlarida ishlab yurib, internet tarmog`idagi aqidaparastlik g`oyalarini targ`ib qiluvchi fayl­larni ko`chirib olib, ushbu materiallarni bojxona nazoratidan yashirib respublikamizga olib kirgan va o`z tanishlariga tarqatgan.

Albatta, bu kabi holatlar huquq-tartibot organlari tomonidan o`z vaqtida aniqlanib, aybdorlar qonuniy jazoga tortilyapti. Yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda “qarmoq” tashlab o`tirgan kimsalarning qo`liga tushmasligi uchun nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki ota-onalar ham hushyor bo`lsalar, yuqoridagi kabi noxush holatlarning oldi olinardi.

Islombek MATURAZOV,

Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi bo`lim boshlig`i

"Huquq" gazetasidan olindi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1