Xitoy hukumati ba`zi jinoyatlar uchun o`lim jazosini bekor qilish masalasini ko`rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda segodnya.ua.
Oliy jazo qurol, o`q-dori va soxta valyutalar kontrabandasi, qalbaki pul yasash, fibirgarlik va zo`ravonlik bilan fohishabozlikka jalb etish kabi jinoyatlarga nisbatan qo`llanilmasligi mumkin.
Harbiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun esa engillashtiriladi.
Avvalroq, bir qator huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar, Xitoyda ushbu jazo qabul qilingan boshqa davlatlarga qaraganda ko`proq amalda qo`llanilishini qayd etishgan edi.





