1

​​Surxondaryoda xorijlik og`ufurushlar harakati fosh bo`ldi

Jinoyat 17.12.2018, 17:42
​​Surxondaryoda xorijlik og`ufurushlar harakati fosh bo`ldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi "Ayritom" chegara bojxona posti xodimlari qo`shni Afg`onistondan giyohvandlik moddalarining yuk poezdi orqali mamlakatimizga noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`ydi.

Vazni 23,92 gramm bo`lgan zahri qotil Afg`onistondan mamlakatimiz hududiga temir yo`l orqali kirib kelgan yuk poezdi tarkibidagi vagonlarning bir-biriga tutashadigan qismiga 12 ta rangsiz selofan paketlarga o`ralib, ustamonlik bilan yashirilgan ekan.

Viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhidan xabar qilishlaricha, yana bir holatda mazkur bojxona postining "kirish" piyodalar zaliga Afg`oniston davlatidan kirib kelgan Fransiya Respublikasi fuqarosi S.L ning ham qaltis harakati fosh bo`lib qoladi. Unga tegishli qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilayotganda "Esse" yozuvli ko`k rangdagi polietilen paket ichida quritilgan ko`knori xashagi giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1