Tailandning Pxuket orolida joylashgan dam olish maskanidan bombaga o`xshash noma`lum jism topildi. Voqea joyiga saperlar chaqirilgan.
Polisiya vakilining so`zlariga ko`ra, portlash moslamasi plastik bankaga joylashtirilgan bo`lib, qora izolenta bilan o`rab qo`yilgan. Uni dengiz to`lqinlari olib kelgan bo`lishi mumkin, deb xabar qiladi TASS.





