1

DXX Farg`onada giyohvandfurush to`dani qo`lga oldi

Jinoyat 19.12.2018, 13:03
DXX Farg`onada giyohvandfurush to`dani qo`lga oldi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish, ularni mamlakatimiz hududiga kirib kelishining oldini olish borasida muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati Farg`ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi Muslima Abdurahimova aylanma yo`llar orqali 2 kilogramm 645 gramm gashish narkotik moddasini mamlakatimizga olib kirmoqchi bo`lgan vaqtda qo`lga olindi. Aniqlanishicha, 27 yoshli bu ayol kelishilgan pul evaziga O`sh shahrida yashovchi Qirg`iziston Respublikasi fuqarolari er-xotin Tohir Usmonov va Muharram Inomovaning giyohvand moddalarini O`shdan Qo`qon shahriga etkazib berishi lozim bo`lgan.

O`tkazilgan tezkor tadbir natijasida o`sha kunning o`zidayoq Usmonov va Inomova ham Qo`qon shahrida ushlandi, deb yozadi O`zA.

Mamlakatimizga olib kirilgan ushbu zahri qotilning bir qismini sotib olmoqchi bo`lgan Iskandar Umarov giyohvand moddalarning oldi-sotdi jarayonida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ikkinchi xaridor Ravshan Qayumov ham tezkor tadbirlar davomida qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan Abdurahimova, Inomova, Usmonov, Qayumov hamda Umarovlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1