AsosiyJamiyat

Andijonda qo`g`irchoqlar ko`rgazmasi ochildi (foto)

'Andijonda qo`g`irchoqlar ko`rgazmasi ochildi (foto)'ning rasmi

Andijon viloyat tarixi va madaniyati muzeyida "Milliy hunarmandchilik va asriy an`analar davomiyligi" nomli ko`rgazma ochildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Ko`rgazmada Andijon qo`g`irchoqlar maktabiga asos solgan hunarmand Manzuraxon Yusupova va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan qo`g`irchoqlar namoyish etilmoqda.

Hunarmandning "Kelin", "Kuyov", "Tohir va Zuhra", "To`ybola", "O`zbek xola" milliy qahramonlari mamlakatimizdan tashqari Amerika Qo`shma Shtatlari, Malayziya va Tailand kabi davlatlarda ham mashhur.

Manzuraxon Yusupova qadimiy an`analarni boyitib, milliy qo`g`irchoqlar yasash san`atini rivojlantirishga oid Amerika xalqaro jamg`armasi grantiga sazovor bo`lgan.

photo5246983807347829172.jpg

photo5246983807347829173.jpg

photo5246983807347829174.jpg

photo5246983807347829175.jpg

photo5246983807347829176.jpg

photo5246983807347829177.jpg

    Boshqa yangiliklar