Fransiya madaniyat vaziri Flyor Pellerin ikki yildan buyon bitta ham kitob o`qimaganligini tan olganidan so`ng tanqidga uchradi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.
Vazir intervyu davomida Nobel mukofoti nomzodi Patrik Modiano yozgan asarlaridan qaysi biri uning eng sevimli kitobi ekanligi haqidagi savolga: «Bu yozuvchining hech qaysi asarini o`qimaganman», — deb javob berdi.
Pellerin o`zini oqlash uchun ishi uning butun kuchini olib qo`yishi va badiiy adabiyot o`qish uchun vaqti qolmasligini ta`kidladi.





