AsosiyDunyo

AQShda o`z sinfdoshlarini otib o`ldirgan o`smir ularni SMS orqali chaqirib olgani ma`lum bo`ldi

AQShning Vashington shtati Merisvill shahridagi maktabda sinfdoshlarini otib tashlagan o`quvchi o`z qurbonlarini SMS-xabar orqali maktab oshxonasiga chaqirib olgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda polisiya ma`lumotlariga tayanib Reuters xabar bermoqda.

24 oktyabr kuni 15 yoshli Jeylen Frayberg o`zi bilan bir stolda o`tirgan do`stlariga «Beretta» to`pponchasidan o`q uzdi. Ular orasida yigitchaning ikki nafar xolavachchasi, ikki nafar yaqin do`stlari, jumladan u bilan uchrashuvga chiqishdan bosh tortgan qiz bo`lgan. Zoi Galasso ismli ushbu qiz boshiga tekkan o`qdan voqea joyida halok bo`lgan. Jarohatlangan Jia Soriano esa 26 oktyabr kuni kasalxonada vafot etdi.

Kasalxonada maktabning yana uch nafar o`quvchisi yotibdi, ularning barchasi og`ir ahvolda deb aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar