1

Toshkentda fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirishdi

Jinoyat 19.12.2018, 17:24
Toshkentda fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirishdi

2018 yil 18 dekabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2017 yil 23 avgust kunidan 2018 yil 1 mart kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashovchi J.A. Yangi Sergeli ko`chasida joylashgan Sergeli tumani hokimiyati avtoturargohida Olmazor tumanida yashovchi Sh.Yu.ga Olmazor tumanidan 8 sotixlik er maydoni olib berishini va`da qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, bu shaxs undan 30 500 AQSh dollari olib bergan va`dasini bajarmasdan pullarni o`z ehtiyojlari yo`lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, J.A. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1