AsosiyJamiyat

Respublika "Kamalak" tashkiloti tashabbusi bilan XTV hamkorligida “A`lo ta`til” loyihasi ishga tushirildi

'Respublika "Kamalak" tashkiloti  tashabbusi bilan XTV hamkorligida “A`lo ta`til” loyihasi ishga tushirildi'ning rasmi

2019 yilning 3-10 yanvar kunlari 200 nafar 10 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar “A`lo ta`til” loyihasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ilk bor tashkil etilayotgan loyihadan asosiy maqsad - bugungi kunda iqtidorli bolalarni qo`llab-quvvatlash, ular uchun umumiy muloqot maydonlarini yaratish, bolalarning kasbga bo`lgan qiziqishini orttirish hamda ta`tillarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.

Loyihada O`zbekiston bo`yicha 10-16 yoshdagi Respublika “Bilimlar bellashuvi” g`oliblari, xalqaro fan olimpiadalari g`oliblari, fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirgan sardorlar kengashi a`zolari va sardor bo`lmagan o`quvchilar hamda “Mening ijod mahsulim” bolalar media festivali g`oliblari ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “O`zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro oromgohi”da ilk bor 3-10 yanvar kunlari bo`lib o`tadi.

Etti kun davomida ishtirokchilar turli tanlovlarda, tadbirlarda va sport musobaqalarida ishtirok etadilar. Shu bilan birga, ular taniqli insonlar bilan uchrashish va muloqot etish, Termiz shahrining o`quv yurtlari va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish imkoniyatlariga ega bo`ladilar.

    Boshqa yangiliklar