AsosiyDunyo

Ispaniyada siyosiy poraxo`rlikda gumon qilinib 51 nafar amaldor hibsga olindi

Ispaniyada mahalliy darajadagi 51 nafar amaldor poraxo`rlikda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib «Evropeyskaya pravda» xabar bermoqda.

Ular hukumat vakolatlarini suiiste`mol qilib, so`nggi ikki yil ichida davlatga 250 million evro zarar keltirishda ayblanmoqda.

Korrupsiya ishlari bo`yicha prokuratura ma`lumotlariga ko`ra, siyosatchilarning barchasi turli ishlarni amalga oshirish uchun pudrat taqdim etib, noqonuniy komissiya haqi olishda gumon qilinmoqda.

Poraxo`rlik jinoyatlarini fosh qilish bo`yicha operasiya Madrid, Valensiya, Leon va Mursiyada 2014 yil yanvaridan boshlab o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar