AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimi yosh tadbirkorni taqdirladi

'Toshkent shahar hokimi yosh tadbirkorni taqdirladi 'ning rasmi

Toshkent shahar hokim vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaev poytaxtlik yosh tadbirkor Ulug`bek Hasanovni taqdirladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

"Yosh tadbirkor, biznesmen, Drone Group onlayn-maktablar xalqaro tarmog`i asoschisi Ulug`bek Hasanov muvaffaqiyatli faoliyati uchun hokim vazifasini bajaruvchi nomidan minnatdorlik va esdalik sovg`asi bilan taqdirlandi", - deyilgan xabarda.

Ulug`bek Hasanov 19 yoshda. U innovasiya texnologiyalari va onlayn-biznesga qiziqadi. 2017 yilda Yashnobod qurilish kollejini tugatgan. Rus va ingliz tillarida erkin gaplashadi.

Bugungi kunda Hasanov o`zining shaxsiy onlayn-maktabini tuzishda davom etmoqda. Mazkur onlayn-maktabda chet tillari, binesni boshlash asoslari, shuningdek, salomatlikni saqlash masalalari ko`rgazmali kontent ko`rinishida o`rgatiladi.

Toshkent hokimiyati matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ayni damda 5 ta onlayn-maktab faoliyat yuritmoqda, u erda butun dunyodan 2000 dan ortiq foydalanuvchilar o`qimoqda. Maktablarda 50 nafar o`qituvchi va mutaxassis masofali tarzda ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar