2005 yil Bred Nyuberg dasturchi bo`lib qolish hamda ofisda ter to`kib ishlash o`rtasidagi savolga eng optimal echim – ikki ofisni birlashtirdi va shu orqali dunyodagi birinchi Kovorkingga asos soldi.
Bir necha yillardan so`ng kovorking ommalashib butun dunyo bo`ylab tarqaldi. Bugungi kunda bir vaqtning o`zida startapchilar hamda dasturchilar birgalikda ishlaydigan kovorking ofislari barcha yirik shaharlarda mavjud.
Jumladan, Navoiy shahrida ham birinchi “Coworking markazi” binosi foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimi Kobul Tursunov, korxona, tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etgan ushbu maskan yoshlarning hayotga yangicha yondashuvi, zamonaviy fikrlar, innovasion g`oyalar shakllanadigan, hayotga tatbiq etiladigan markaz bo`lishidan dalolat beradi.
Tadbirkor Sunnatillo Isroilov tomonidan 2 milliard 200 millionga qurilgan ushbu bino 4 qavatdan iborat. 1 qavatida “Coworking markazi” qolgan qavatlaridaayollar uchun fitnes klub hamda chet-el investorlari uchun barcha qulayliklarga ega ofis tashkil etiladi. Ushbu binoning qolgan qavatlarida faoliyat boshlansa jami 20 nafar yosh ish bilan ta`minlanadi.
Men “Dilmond” ishlab chiqarish xususiy savdo firmasi rahbari Qambarali Navro`zovman. Ilk tadbirkorlik faoliyatimni boshlash jarayonida juda ham qiynalganman. Biznes rejamni amalga oshirishda albatta menga tajriba va ko`nikma zarur bo`lgan. Hozir bu maskanni ko`rib, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarning g`oyalarini qo`llab-quvvatlovchi, yirik tadbirkorlar bilan tajriba almashuvchi, shinam va qulay ofislar tadbirkorlik faoliyatini boshlashga va dadil qadam tashlashida ushbu maskan yordam beradi. Faqat bu imkoniyatdan unumli foydalanilsa bas. Marra yoshlar qo`lida...