1

Go`sht olib kelishni va`da qilib 150 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 23.12.2018, 15:15
Go`sht olib kelishni va`da qilib 150 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo`lga olindi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida 2018 yil 7 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, shu yil iyun oyida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi Z.B. Buyuk Ipak yo`li ko`chasida joylashgan «Korzinka» supermarketi oldida tanishi, Qorasuv 1-dahada yashovchi M.M.ga Qashqadaryo viloyatidan go`sht mahsulotlarini olib kelib, Toshkent shahrida birgalikda sotishini aytib, aldov yo`li bilan undan 150 000 AQSh dollarini olib ketgan va va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyojlari yo`lida ishlatib yuborgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma`lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida Z.B. qo`lga olingan. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1