1

Toshkent viloyatida ayol kishini pichoqlagan maktab o`quvchisi qo`lga olindi

Jinoyat 23.12.2018, 16:01
Toshkent viloyatida ayol kishini pichoqlagan maktab o`quvchisi qo`lga olindi

Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida o`rta maktab o`quvchisi S.A. ayolning uyiga bostirib kirib, unga pichoq bilan jarohat etkazdi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, 22 dekabr kuni Darxon MFYda yashovchi, o`rta maktabning yuqori sinf o`quvchisi, S.A. yuziga niqob kiygan holda pichoq bilan qurollanib, fuqaro N.A. (ayol)ning uyiga bostirib kirib, uni kurak qismiga pichoq urib, jarohat etkazib, 294 ming so`m pul va hisobida puli bo`lmagan bank plastik kartochkasini olib voqea joyidan yashiringan.

Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ko`rilgan choralar natijasida S.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1