Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziya qirg`oqlarida yuz bergan kuchli sunami oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, Indoneziyadagi kuchli sunami 281 kishining hayotini olib ketdi.






