1

Xorazmda o`z uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 24.12.2018, 15:24
Xorazmda o`z uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs qo`lga olindi

2018 yil 19 dekabr kuni Xonqa tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Xonqa tumanida yashovchi, 1955 yilda tug`ilgan A.J. o`zining yashash uyida, shu tumanda yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan S.X., 1969 yilda tug`ilgan T.Q., 1983 yilda tug`ilgan T.J. va 1983 yilda tug`ilgan I.A. larning pul tiqib qimor o`ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Bu haqda Xorazm IIB xabar berdi.

Hodisa joyidan "qimor"ga tikilgan 5 877 000 so`m, 450 AQSh dollari va 5 000 Qozoq tengesi hamda ushbu pullarni bir “qimorboz”ning cho`ntagidan o`zgasinikiga o`tkazib turishga "sababchi" bo`lgan o`yin kartalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

"Qimorxona xo`jayini"ga nisbatan esa O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1