Xalq deputatlari Shayxontohur tumani navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

"Shu kunga qadar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Muhamedxanov Shuhrat Sanjarovich, Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi", - deyilgan xabarda.






