AsosiyJamiyat

3 yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'3 yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma`lumotga ko`ra, ertaga, 3 yanvar kuni mamlakat bo`ylab yog`ingarchilik bo`lmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -2…0, kunduzi +9…+11 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga etib, tuman tushadi.

Farg`ona vodiysida havo harorati kechasi -3…+2, kunduzi +2…+7 daraja bo`lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida tuman tushib, havo harorati kechasi -2…+3, kunduzi +7…+12 daraja bo`ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -3…+2, kunduzi +5…+10 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 5-10 m/s tashkil qilib, tuman tushishi kutiladi.

Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0…+5, kunduzi +8…+13 darajagacha ko`tariladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga etib, tuman tushadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -7…-2, kunduzi +2…+7 daraja bo`lib, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 5-10 m/sga etib, tuman tushishi kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda havo harorati kechasi -10…-5, kunduzi 0…+5 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga etib, tuman tushishi kutiladi.

    Boshqa yangiliklar