AsosiyJamiyat

Hujjatlarsiz avtomashinani boshqargan kollej o`quvchisi ichki ishlar xodimni urib yubordi

'Hujjatlarsiz avtomashinani boshqargan kollej o`quvchisi ichki ishlar xodimni urib yubordi'ning rasmi

Shu yilning 2 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi Agrotadbirkor kasb-hunar kolleji yuqori kurs o`quvchisi Sh.A. tegishli hujjatlarsiz “Spark” rusumli avtomashinani Ulug`-yo`l ko`chasida haydab, piyoda ketayotgan viloyat ichki ishlar xodimini urib yuborgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada xodim “bosh miya ochiq jarohati va2-3 darajali koma holati” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar