Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari o`rtasida “Eng yaxshi oshpaz” musobaqasi o`tkazildi.
Musobaqada 6 ta bo`linmaning 12 nafar harbiy xizmatchisi o`zlarining oshpazlik mahoratini sinab ko`rdilar. Barcha ishtirokchilarga birdek masalliq berildi. O`zbek milliy taomlarining sultoni bo`lgan oshni tayyorlash jarayoni hakamlar hay`ati tomonidan kuzatib borildi.
Yakuniy natijalarga ko`ra, serjant Bahodir Shokirov g`olib deb topildi. Dastlabki uchta o`rinni egallagan harbiy xizmatchilar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Musobaqada tayyorlangan oshlar harbiy xizmatchilarning oilalari uchun bezatilgan bayram dasturxoniga tortildi.






