1

O`zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizani bekor qildi

Jamiyat 04.01.2019, 11:10
O`zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizani bekor qildi

O`zbekiston Hukumati 2019 yil 15 yanvar sanasidan Germaniya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etdi, deb xabar qildi Davlat turizm qo`mitasi matbuot xizmati.

O`zbekistonga Germaniyadan kelgan turistlar soni 2016 yilda 4 889 kishini, 2017 yilda 7 207 kishini, 2018 yilda esa 18 094 kishini tashkil qilganligi alohida qayd etilgan.

Shuningdek, ta`kidlanishicha, vizasiz tartib o`rnatilishiga GFR fuqarolarining evisa dasturidan foydalanishlari omil sifatida xizmat qilgan: 2018 yil 28 dekabr holatiga ko`ra, Germaniyaning 1089 nafar fuqarosi kirish vizasini rasmiylashtirgan, va ushbu dasturdan foydalangan mamlakatlar orasida 10-o`rinni egallagan.

Shu munosabat bilan O`zbekiston prezidentining "O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari" to`g`risidagi Farmoniga binoan tegishli o`zgartirishlar kiritilmoqda va 2019 yil 15 yanvar sanasidan GFR fuqarolari uchun 30 kun muddatga turistik maqsadlarda vizasiz tartib joriy etilmoqda.

Eslatib o`tamiz, vizasiz tartib joriy etilishi 2021 yil 1 yanvar sanasiga rejalashtirilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1