1

Surxondaryoda "A`lo ta`til" loyihasiga start berildi

Jamiyat 04.01.2019, 14:10
Surxondaryoda "A`lo ta`til" loyihasiga start berildi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xalq ta`lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “A`lo ta`til” loyihasiga Surxondaryo viloyatidagi “Xalqaro yoshlar oromgohi”da start berildi. 3-10 yanvar kunlari tashkil etilgan “A`lo ta`til” dam olish va ijod oromgohida Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 192 nafar a`lochi o`quvchilar hordiq chiqarishadi.

Loyiha ishtirokchilari bugun Termiz temir yo`l vokzalida kutib olinib, “Xalqaro yoshlar oromgohi” tomon yo`l olishdi.

– Ushbu loyihaga ishtirok etish istagini bildirgan 1000 nafarga yaqin o`quvchilar ichidan 192 nafarini tanlab oldik. Loyihada fan olimpiadasi g`oliblari, chorakni a`lo baholar bilan tugatgan, darslarni namunali o`zlashtirgan eng faol va a`lochi o`quvchilar jam bo`lishgan. 1 hafta davomida o`quvchi-yoshlarimiz birgalikda yangi loyihalar ustida ishlab, maroqli hordiq chiqarishadi, – deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash bo`lim mudiri Durdona Rahimova.

Loyiha davomida o`quvchi yoshlar uchun turli sport tadbirlari, madaniy dasturlar, sayohatlar tashkil etiladi. Bu esa, mamlakat yoshlarining o`zaro tajriba almashishlari, ta`til davrini foydali va mazmunli o`tkazishlarida ayni muddao.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1