Atirau-Astraxan trassasida 1 yanvar kuni «DAF» rusumli yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda atpress.kz xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, chiqqan yong`in oqibatida mashinaga ortilgan 12 tonnadan ortiq paxta xom ashyosi yonib ketgan. Yuk mashinasi O`zbekistondan Belarusga harakatlanayotgan bo`lgan.
O`t o`chirishga ikki texnika va besh nafar o`t o`chiruvchi jalb qilingan. Voqea natijasida jabrlanganlar yo`q.






