1

5 yanvar kuni yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda

Jamiyat 04.01.2019, 15:42
5 yanvar kuni yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lib (yomg`ir qorga aylanishi kutiladi), kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 4-6 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lib (yomg`ir qorga aylanishi kutiladi), tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lib (yomg`ir qorga aylanishi kutiladi), tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lib, (yomg`ir qorga aylanishi kutiladi) tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushadi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1