1

Sog`liqni saqlash vazirligi yangi yilni korrupsiyaga qarshi kurashdan boshladi

Jamiyat 04.01.2019, 16:40
Sog`liqni saqlash vazirligi yangi yilni korrupsiyaga qarshi kurashdan boshladi

So`nggi ikki yil davomida mamlakatimizda barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko`rilmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ham yuqoridagi illatgan qarshi faol sa`y-harakatlar olib borilayotir. Bu borada targ`ibot va tashviqot ishlari ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois tibbiyot xodimlari va aholi o`rtasidagi keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida hududlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ta`kidlash joizki, tibbiyot muassasalari, jumladan, tug`ruq komplekslarida ta`magirlik va korrupsiya holatlari chuqur o`rganilib, tahlil etilgan holda tizimli choralar ko`rib borilayotir. Chunonchi, Prezidentimizqarori asosida davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlarining mehnatiga haq to`lash miqdorlari 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar oshgan bo`lsa, 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar oshiriladigan bo`ldi. Bu boradagi ishlarni tizimli yo`lga qo`yish, tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rahbatlantirish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi huzurida Rivojlantirish va sog`liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag`batlantirish jamg`armasi tuzildi.

Bundan tashqari, har bir shifokorning ishiga qarab baholash, muassasalarni davolanganlik holati bo`yicha moliyalashtirish, audit va ichki tekshiruv tizimini yanada takomillashtirish, eng muhimi, jamoatchilik va deputatlarning tizimli nazorati yo`lga qo`yilmoqda. “Ishonch telefoni”, turli murojaat va shikoyatlar uchun “Fikr bildirish” qutisi, xodimlar va bemorlar o`rtasida so`rovnomalar o`tkazish, videokuzatuv moslamalarini o`rnatish kabi choralar ham ko`rilmoqdaki, bu ham bo`lsa sohadagi turli ta`magirlik va korrupsiya holatlariga chek qo`yilishiga xizmat qiladi.

Sog`liqni saqlash vazirligida tomonidan tizimdagi tibbiyot muassasalari, jumladan, tug`ruq komplekslaridagi vaziyatni nazorat qilib borish, korrupsiya va ta`magirlik holatlariga yo`l qo`ymaslik va oldini olish maqsadida ko`plab vazifalar belgilab olindi. Shu asosda mamlakatimizdagi barcha tug`ruq muassasalarida faoliyat olib borayotgan obro`li va tajribali xodimlardan iborat “Ustozlar kengashi” guruhlari tuzildi.

Tug`ruq komplekslaridagi bemorlar orasida esa anonim so`rovnoma o`tkazish borasida tashkillashtirilgan “Fikr bildirish” qutilarini o`rganish ishlari olib borilmoqda. Tug`ruq muassasalarida chaqaloqlarni uyga kuzatuv xonalariga qo`shimcha ravishda videokuzatuv moslamlari o`rnatildi.

Shifoxonada pullik xizmat va servis xizmatidan foydalanuvchi bemorlar bilan to`lov shartnomasi qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi tashkil etildi. Shuningdek, ultratovush tekshiruvlarini pullik va bepul aholi qatlami uchun o`rnatilgan tartibda alohida tashkil etish choralari ko`rildi.

Eslatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan o`tgan yilda ham ta`magirlik va korrupsiyaga qarshi jiddiy kurash olib borildi. Jumladan, tizimidagi onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarida ijobiyma`naviy muhitni shakllantirish, tibbiy va xo`jalik xizmati xodimlarini o`rnatilgan mehnat tartibiga amal qilishiga erishish, stasionar xizmat sifatini yuksaltirish, ta`magirlik va poraxo`rlik holatlarining oldini olish maqsadida o`tgan yil oktyabr oyida Bosh prokuratura ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan 17 ta tug`ruq va ginekologik muassasalarida monitoring ishlari olib borildi. O`rganish jarayonida aniqlangan qonun buzilish holatlari bo`yicha 22 nafar tibbiyot xodimi lavozimidan ozod etilgan va intizomiy choralar qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1