1

Urug`lik paxta etishtirishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

Jamiyat 04.01.2019, 17:38
Urug`lik paxta etishtirishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Respublika hududlarida paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug`lik paxta xomashyosini etishtirishni moliyalashtirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug`lik paxta xomashyosini etishtirishni moliyalashtirish Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari, tijorat banklari kreditlari va o`z mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi.

Shuningdek, nizomga ko`ra urug`lik paxta ekiladigan maydon hajmi, paxta etishtirishning prognoz hajmlari va g`o`za navlari bo`yicha joylashtirish masalalari har yili 1 noyabrga qadar Hukumat qarorida belgilanadi.

Urug`lik paxta etishtirishni moliyalashtirish paxta qiymatining 60 foizigachaJamg`arma mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan tayyorlangan urug`lik paxta xomashyosiga ustamalar to`lash tartibi belgilandi.

Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari o`z ehtiyojlari uchun g`o`zaning xorijiy nav va duragay urug`larini belgilangan tartibda olib kelishi va etishtirishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1