1

Yana bir murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to`pladi

Jamiyat 04.01.2019, 17:53
Yana bir murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to`pladi

Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish haqidagi onlayn-petisiya 13 mingdan ortiq ovoz to`pladi. Mazkur petisiya oktyabrda «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan edi.

Murojaat muallifi Amirbek Kenjaevning qayd etishicha, bunday ishonchnomani notarius orqali rasmiylashtirish ko`p vaqt va oilaviy oilaviy byudjet puli talab qilinadi. «Begona odamlarga ishonchnoma berishni tushunish mumkindir, lekin ota-ona bolasi, aka-uka, opa-singil bir-biriga ishonchnoma berishi, ochig`ini aytsak qadriyatlarimizga ham, mentalitetimizga ham to`g`ri kelmaydi», - deb yozadi u.

«1990-yillarda mashina o`g`irlash bilan bog`liq voqealar ko`p edi. Balki o`sha paytda bu tizim o`zini oqlagandir. Lekin hozirgiday yurtimiz innovasion jihatdan rivojlanib borayotgan, «Xavfsiz shahar» tizimi ishga tushirilgan, yo`llarimizda videokameralar ishlab turgan paytda bunaqa ishonchnoma berish tartibiga zarurat bormikan?» - deya savol beradi muallif.

Murojaat ayni vaqtda «Ko`rib chiqish jarayonida» maqomida. Portal qoidalariga ko`ra, murojaatni O`zbekiston Oliy Majlisi ko`rib chiqishi uchun u eng kamida 10 ming ovoz to`plashi lozim. Petisiyani ko`rib chiqish va qaror qabul qilish muddati — 60 kundan oshmasligi kerak. Mazkur murojaatga ovoz berish muddati esa 12 kundan so`ng tugaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1